Inglizcha texnik atamalar lug‘ati

Bu sahifa maqolalar ichida ko‘p uchraydigan inglizcha atamalarini bir joyga jamlaydi. Maqsad - atama amalda nimani anglatishini sodda o‘zbekcha izohlash.

API

Dasturlar bir-biri bilan gaplashishi uchun ishlatiladigan interfeys. AI mahsulotlarda model, servis yoki tool shu yo‘l bilan chaqiriladi.

Foydalanuvchi qaysi hujjat, funksiya yoki ma’lumotni ko‘ra olishini belgilaydigan ruxsat qatlami.

Kadrning eni va bo‘yi nisbati. Masalan, 16:9 YouTube uchun, 9:16 esa Reels yoki TikTok uchun ishlatiladi.

Kamera lensidagi yorug‘lik kirish teshigi. Promptlarda f/1.8 kabi qiymatlar fon blur va bokeh signalini beradi.

Bir xil mahsulot yoki sahifaning ikki variantini solishtirib, qaysi biri yaxshiroq natija berishini tekshirish usuli.

Muammo yoki holatning oldingi va keyingi ko‘rinishini solishtirib ko‘rsatadigan reklama yoki video tuzilmasi.

Mahsulot yoki kompaniyaning nomi, rangi, logosi, ovozi va umumiy ko‘rinishi. AI reklamada brand elementlari izchil saqlanishi kerak.

Faqat javob yozib bermaydigan, balki maqsadga erishish uchun bir necha qadam tashlay oladigan AI tizim.

Qidiruv natijasini bir marta olib javob yozish o‘rniga, source ochish, qo‘shimcha chunk o‘qish va aniq dalil qidirish kabi qadamlarni agentga topshiradigan retrieval yondashuvi.

Tizim nima qilganini keyin tekshirish uchun qoldiriladigan izlar: qadamlar, qarorlar, chaqiriqlar va natijalar tarixi.

Takrorlanadigan ishni qo‘lda bajarish o‘rniga qoida, workflow yoki agent orqali avtomatik ishlatish usuli.

Qayta ishlatish mumkin bo‘lgan natijani vaqtincha saqlab, tezlikni oshirish va xarajatni kamaytirish usuli.

Video yoki rasm promptida kamera yo‘nalishi, harakati, masofasi va ritmini boshqarish qobiliyati.

Video yoki rasm ustida ko‘rinadigan qisqa matn. Short-form videoda caption uchun kadr ichida oldindan bo‘sh joy qoldiriladi.

Bir personajning yuzi, kiyimi, tana nisbatlari va umumiy ko‘rinishi bir nechta kadrda izchil saqlanishi.

Personajning yuzi, kiyimi, ranglari, tana nisbatlari va o‘zgarmas belgilarini jamlagan reference hujjat.

Asosan savol-javob shaklida ishlaydigan suhbat interfeysi. U doim ham agent darajasida harakat qilmaydi.

Suhbat orqali ishlaydigan AI yordamchi. Prompt, reja, matn, tahlil va ijodiy variantlar tayyorlashda ishlatiladi.

Jarayonning muhim nuqtalarini saqlab qo‘yish, shunda ish to‘xtasa keyin aynan o‘sha joydan davom ettirish mumkin bo‘ladi.

Command line interface. Dastur bilan terminal orqali buyruq yozib ishlash usuli.

Katta hujjatni qidiruv va model contextiga qulay kichik bo‘laklarga ajratish jarayoni.

AI javobida qaysi hujjat, sahifa yoki bo‘limga tayanganini ko‘rsatadigan manba havolasi yoki izoh.

Yozish, qayta yozish, outline, tahlil va prompt tayyorlashda ko‘p ishlatiladigan suhbatli AI yordamchi.

AI yordamchiga siz haqingizdagi doimiy afzalliklar va javob uslubi bo‘yicha oldindan berilgan ko‘rsatmalar.

Daemon

Fon rejimida doimiy ishlab turadigan servis yoki jarayon. Uni qo‘lda har safar ochish shart bo‘lmaydi.

Gateway

Turli kanal, servis yoki tizimlar orasida ko‘prik bo‘lib turadigan qatlam. Xabarni bir tomondan olib, boshqa tomonga uzatadi.

Modelga shu paytda berilgan foydali ma’lumotlar to‘plami: qoida, hujjat, oldingi xabarlar va vazifa tavsifi.

Model bir vaqtda ko‘ra oladigan matn hajmi. Shu limitdan oshsa eski yoki ortiqcha ma’lumot sig‘may qoladi.

Video shotlari orasida personaj, joy, obyekt, yorug‘lik va voqea mantiqining izchil saqlanishi.

CTA

Call to action qisqartmasi. Video yoki sahifa oxirida foydalanuvchidan kutilgan keyingi amal: bosish, yozilish yoki sotib olish.

Reklama yoki kontentdan oldin yoziladigan qisqa vazifa tavsifi: product, auditoriya, benefit, format, tone va cheklovlar.

Uzun kontekstni asosiy signalni yo‘qotmasdan ixchamlashtirish usuli. Bu token xarajati va kechikishni kamaytiradi.

Cosine similarity

Ikki vektor yo‘nalishi qanchalik o‘xshashligini o‘lchaydigan usul. Semantik qidiruvda savol va chunk yaqinligini baholash uchun ishlatiladi.

Cron

Vazifani belgilangan vaqt yoki jadval bo‘yicha avtomatik ishga tushirish mexanizmi.

Custom endpoint

Modelni standart provider o‘rniga o‘zingiz bergan API manzili orqali chaqirish yo‘li.

Kadrda qaysi masofa oralig‘i fokusda ko‘rinishini bildiradi. Sayoz bo‘lsa fon blur, chuqur bo‘lsa ko‘proq sahna aniq chiqadi.

Distillation

Katta modeldan olingan signal yoki namunalar orqali kichik modelni tor vazifani arzonroq bajarishga o‘rgatish yondashuvi.

Kameraning rels yoki stabil harakat orqali subyektga yaqinlashishi, uzoqlashishi yoki yonma-yon yurishi.

Matnni ma’nosiga yaqin sonli vektorga aylantirish usuli. Ko‘pincha semantik qidiruv va RAG’da ishlatiladi.

Modelni markaziy bulutdan ko‘ra foydalanuvchi, sensor yoki qurilmaga yaqinroq joyda ishlatish yondashuvi.

Mahsulot yoki xizmatni internet orqali sotish jarayoni. AI video kontekstida product ko‘rsatish, reklama va xaridga olib boruvchi kontentni anglatadi.

Endpoint

API ichidagi aniq manzil yoki funksiya. Masalan, rasm yaratish va rasm tahrirlash alohida endpoint bo‘lishi mumkin.

AI javobi qanchalik to‘g‘ri, foydali yoki barqaror ekanini oldindan belgilangan mezonlar bilan baholash jarayoni.

Asosiy yo‘l ishlamasa, tizim o‘tadigan zaxira variant. Masalan, boshqa model yoki sodda rejimga tushish.

Modelni ma’lum uslub, domen yoki vazifaga yaqinlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumot bilan qayta moslash jarayoni.

Videoning boshlanish va tugash kadrini berib, o‘rtadagi harakat yoki o‘tishni modelga yaratdirish usuli.

Qo‘l kamerasi hissini beradigan yengil silkinishli video uslubi. Documentary yoki backstage kayfiyatida ishlatiladi.

Agent yoki model nimalarni qilishi mumkinligini cheklab turadigan xavfsizlik va nazorat qoidalari.

Agentni model, kanal, vosita va ish muhitiga bog‘lab turadigan operatsion qatlam yoki karkas.

Model ishonchli gapirgandek ko‘rinsa ham, noto‘g‘ri yoki uydirma ma’lumot chiqarib yuboradigan holat.

Muhim joyda inson tasdiqi yoki aralashuvi saqlanadigan ish usuli. Ayniqsa risk yuqori bo‘lsa kerak bo‘ladi.

Short-form videoning birinchi soniyalarida tomoshabinni ushlab qoladigan vizual yoki action.

Boshlang‘ich rasmni video klipga aylantirish rejimi. Rasm kompozitsiyani beradi, prompt esa harakatni boshqaradi.

Video ichidagi muhim boshlanish, oraliq yoki yakun kadr. Modelga sahna qayerdan qayerga borishini ko‘rsatadi.

Bir amaliyotni bir necha marta ishga tushirsangiz ham, natija bir xil qolishini kafolatlash tamoyili.

TypeSafe AI’ning System One modeli. U matn generatsiya qilmaydi, balki state va typed savollar asosida kod ishlata oladigan qarorlar qaytaradi.

Mavjud rasmni AI yordamida o‘zgartirish: fon almashtirish, obyekt qo‘shish, obyektni o‘chirish yoki stilini yangilash.

Matn, rasm yoki boshqa ko‘rsatmadan yangi tasvir yaratish jarayoni.

Inference

Tayyor o‘qitilgan modeldan real ishlash paytida javob yoki natija olish jarayoni.

Kamera sezgirligi signali. Promptda past ISO toza tasvir, yuqori ISO esa qorong‘i muhit yoki film grain hissini berishi mumkin.

So‘rov yuborilgandan foydalanuvchi natija ko‘rguncha o‘tadigan kechikish vaqti.

Personaj lab harakati audio yoki dialogga mos kelishi. Video generatsiyada alohida tekshiriladigan sifat belgisi.

Kompaniya yoki mahsulot haqidagi tartiblangan ichki bilimlar to‘plami: FAQ, qo‘llanma, siyosat, wiki va dokumentatsiya.

Layout

Rasm, sahifa yoki dizayn ichidagi elementlar joylashuvi: matn, obyekt, bo‘sh joy va vizual tartib.

Large Language Model qisqartmasi. Katta matn korpuslarida o‘qitilgan va til bilan ishlaydigan model turi.

Video oxiri boshlanish kadriga tabiiy ulanib, qayta ko‘rilganda keskin sakrash sezilmaydigan tuzilma.

LoRA

Modelni to‘liq qayta o‘qitmasdan, ma’lum uslub yoki personajga moslashtirish uchun ishlatiladigan yengil moslash qatlamlaridan biri.

Kamroq xotira, hisoblash quvvati va energiya talab qiladigan, tor vazifalar yoki qurilmada ishlash uchun mos model.

AI model va developer platformalarini ishlab chiqadigan kompaniya. RAG, agentic search va enterprise AI yechimlari bilan ham tanilgan.

So‘rov turiga, murakkabligiga, narxiga yoki riskiga qarab qaysi model ishlatilishini tanlash strategiyasi.

Model Context Protocol. Model yoki agentni tashqi vositalar va ma’lumot manbalari bilan izchil ulash usuli.

Tizim foydalanuvchi, jarayon yoki oldingi qarorlar haqida saqlab qoladigan foydali ma’lumot qatlami.

AI model yoki AI funksiyaning foydalanuvchi qurilmasining o‘zida, masalan telefon yoki noutbukda ishlashi.

AI bilan ovoz orqali ishlash tajribasi. Foydalanuvchi gapiradi, tizim esa niyatni tushunib javob beradi yoki vazifani bajaradi.

Ovozli nutqni yozma matnga aylantirish jarayoni. Voice AI va diktovka vositalarining kirish qatlami.

Matnni tabiiy eshitiladigan ovozga aylantirish jarayoni. Ovozli yordamchi javobini eshittirish uchun ishlatiladi.

Foydalanuvchi ovozini qabul qilib, javobni ham ovoz bilan qaytaradigan suhbat modeli yoki ish jarayoni.

Excel yoki Google Sheets’dagi tozalash, formula, hisobot, import va tekshiruv ishlarini qoida yoki AI yordamida avtomatlashtirish.

Ovozli suhbatda tizim bir vaqtda tinglay olishi va gapira olishi. Interrupt va tabiiy turn-taking uchun muhim.

Matn, rasm, ovoz, video yoki boshqa signal turlarini birga tushuna oladigan AI yondashuvi.

Har qanday app ichida gapirib yozishga yordam beradigan AI diktovka vositasi. U nutqni tozalangan matnga aylantiradi.

Model vaznlarini ixchamroq formatda saqlab, xotira sarfi va hisoblash xarajatini kamaytirish usuli.

Bitta video ichida bir nechta kadr yoki sahna almashinuvi bo‘ladigan tuzilma.

Harakat paytida obyekt yoki fonning xiralashib ko‘rinishi. Video promptda tezlik va harakat hissiga ta’sir qiladi.

Video generatsiya paytida tasvir bilan birga muhit tovushi, dialog yoki sound effect ham yaratilishi.

Sahna joyidagi tabiiy past fon tovushi. Xona, ko‘cha yoki kafe muhitini sun’iy emas, realroq eshittiradi.

Kamera subyekt yoki obyekt atrofida aylanishi. Product shot va character reveal uchun ishlatiladi.

Modelga nimani qilmaslik kerakligini aytadigan prompt qismi. Masalan, ortiqcha barmoq, plastik yuz yoki buzilgan matnni cheklash uchun.

TypeSafe AI’da statement rost yoki yolg‘onligiga probability qaytaradigan savol turi. Jev uni binary tekshiruvlarda ishlatadi.

Vazifa bir emas, bir nechta agent o‘rtasida bo‘linadigan yondashuv. Har biri alohida rol bajaradi.

AI tizim ichida nima bo‘layotganini ko‘ra olish darajasi: log, trace, qadamlar va xatolar kuzatuvi.

OAuth

Parolni bevosita bermasdan, hisobga cheklangan ruxsat orqali ulanish usuli. Ko‘p AI servislar login va token olishda ishlatadi.

Bir API orqali ko‘p AI model va providerga chiqish beradigan model router servisi.

Open-weight

Model vaznlari ochiq tarqatiladigan model turi. Bu har doim to‘liq open-source litsenziya degani emas.

Agentga qaysi amallar mumkin, qaysilari mumkin emasligini belgilaydigan ruxsat darajasi.

Personally Identifiable Information qisqartmasi. Shaxsni aniqlashga yordam beradigan maxfiy ma’lumotlar.

Bir natijaga erishish uchun ketma-ket ishlaydigan qadamlar zanjiri. Masalan, prompt, rasm yaratish, tahrir va eksport.

Kamera o‘z joyida turib chapga yoki o‘ngga burilishi. Sahna yoki obyektlar orasida diqqatni ko‘chirishga yordam beradi.

Reklamada mahsulot qadoqi yoki final product kadrini aniq ko‘rsatadigan barqaror shot. CTA va narx ko‘pincha shu kadrga qo‘shiladi.

Modelga berilgan ko‘rsatma yoki topshiriq matni. Javob sifati ko‘pincha shu kirishga bog‘liq bo‘ladi.

Jamoa qayta ishlatadigan promptlarni owner, versiya, use case, test misol va cheklovlari bilan saqlaydigan katalog.

Mahsulotni kadrda asta ochib ko‘rsatadigan reklama video usuli. Odatda yorug‘lik, kamera yaqinlashuvi yoki kichik harakat bilan ishlaydi.

Mahsulotni asosiy obyekt sifatida aniq ko‘rsatadigan kadr. Ecommerce va reklamada label, shakl, rang va material nazorati muhim.

Mahsulotni ko‘rsatish, tushuntirish yoki sotishga xizmat qiladigan video. Unda product, foyda, kamera, audio va CTA birga rejalashtiriladi.

Kamera voqeani qahramon ko‘zi orqali ko‘rsatayotgandek qurilgan kadr turi.

Video generatsiyadan keyingi montaj bosqichi: matn, logo, narx, subtitr, ovoz, rang va final eksportni qo‘shish.

Model promptdagi talablarni qanchalik aniq ushlashi va natijaga ko‘chira olishini bildiradi.

Kameraning subyektdan sekin uzoqlashib, kengroq joy yoki kontekstni ochadigan harakati.

Kameraning subyektga sekin yaqinlashib, e’tiborni bitta detal yoki obrazga yig‘adigan harakati.

Modelni yoki agentni chalg‘itish uchun unga zararli yoki yashirin ko‘rsatma kiritish hujumi.

Bir mavzu yoki ish bo‘yicha chatlar, fayllar va ko‘rsatmalarni alohida joyda jamlashga yordam beradigan mahsulot ichidagi bo‘lim.

Retrieval-Augmented Generation qisqartmasi. Model javob berishdan oldin tashqi manbadan kerakli ma’lumot olib keladi.

API yoki servis ma’lum vaqt ichida nechta so‘rov qabul qilishini cheklovchi qoida.

Model natijada saqlashi kerak bo‘lgan personaj, obyekt, kompozitsiya yoki uslubni ko‘rsatadigan kiruvchi rasm.

So‘rov muvaffaqiyatsiz tugasa, uni ma’lum qoida asosida qayta urinish mexanizmi.

Agentga berilgan xavfsiz, cheklangan ish muhiti. U yerda erkinlik bor, lekin zarar ko‘lami nazorat qilinadi.

Mobil video yoki dizaynda muhim yuz, product, logo va matn platforma tugmalari yoki caption bilan yopilmaydigan xavfsiz hudud.

Agentga takrorlanadigan ish jarayoni, qoida yoki vositadan foydalanishni o‘rgatadigan kichik paket.

Javob yoki ma’lumot oldindan belgilangan tuzilishga mos kelishini tekshirish usuli.

So‘z aynan bir xil bo‘lishini emas, ma’no yaqinligini topishga qaratilgan qidiruv usuli.

Joriy sessiya davomida saqlanadigan operatsion holat: qaysi qadamda ekani, nima bajarilgani va nima kutilayotgani.

Videodagi bitta kamera qarashi yoki qisqa sahna bo‘lagi. Storyboard odatda shotlar ketma-ketligidan tuziladi.

Reels, Shorts yoki TikTok kabi mobil platformalar uchun qisqa, tez tushunarli va odatda vertical formatda tayyorlanadigan video.

Videodagi aniq actionni urg‘ulaydigan qisqa tovush: click, notification, eshik ochilishi yoki product interaction tovushi.

Tizim holatini to‘g‘ri saqlash, yangilash va kuzatish uchun ishlatiladigan yondashuvlar to‘plami.

Javobni to‘liq kutmay, qismlarga bo‘lib foydalanuvchiga uzatish usuli. Bu interfeysni tezroq sezdiradi.

Videoni vaqt bo‘yicha shotlarga ajratib, har bir kadrda nima bo‘lishini oldindan belgilash rejasi.

Muayyan video turi uchun qayta ishlatiladigan storyboard skeleti. Reklamada hook, problem, product demo va CTA kabi qismlar oldindan joylanadi.

Erkin matndan kerakli maydonlarni ajratib olib, ularni aniq tuzilgan formatga joylash jarayoni.

Model javobini erkin matn emas, balki JSON, jadval yoki oldindan kelishilgan formatda olish usuli.

Erkin matn yozish o‘rniga software ichida ishlatiladigan tez, strukturali qarorlar qaytarishga mo‘ljallangan model turi.

Modelning umumiy xulqi, roli va chegaralarini belgilab beradigan yuqori darajadagi ko‘rsatma.

Model javobida variantlilik darajasini boshqaruvchi parametr. Past bo‘lsa tartibliroq, baland bo‘lsa erkinroq bo‘ladi.

Model matnli promptdan video yaratadigan rejim. Promptda sahna, harakat, kamera va kayfiyat aniqroq yoziladi.

Modelning rasm ichida o‘qilishi mumkin bo‘lgan matnni to‘g‘ri joylashtirib chiqarish qobiliyati.

Kameraning yuqoriga yoki pastga burilishi. Yuzdan mahsulotga yoki binodan yerga o‘tishda ishlatiladi.

Model matnni ichkarida qayta ishlash uchun bo‘ladigan kichik birlik. Narx va limitlar ko‘pincha token bilan o‘lchanadi.

Agent foydalanishi mumkin bo‘lgan vositalar ro‘yxati va ularning qachon, qanday chaqirilishini belgilovchi qatlam.

Top-k

Qidiruvda eng yuqori ball olgan k ta natijani tanlash usuli. RAG’da modelga nechta chunk berilishini boshqaradi.

Model yoki agentning brauzer, API, terminal, fayl tizimi yoki boshqa tashqi vositalardan foydalanishi.

Erkin matn o‘rniga oldindan belgilangan tur va variantlarga mos qaror qaytarish usuli. Kod bunday natijani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlata oladi.

Model javob yozishdan tashqari kerakli tashqi vositani tanlab, uni chaqiradigan ish usuli.

Kamera subyekt bilan birga harakatlanadigan shot. Yurish, yugurish yoki product motion sahnalarida ishlatiladi.

User-generated content qisqartmasi. Reklamada creator yoki mijoz yaratgandek tabiiy, kamroq studio ko‘rinishidagi kontent uslubi.

Embedding ko‘rinishidagi vektorlarni saqlash va yaqin ma’nodagi yozuvlarni topish uchun mo‘ljallangan baza turi.

Matn, rasm, video yoki reference asosida yangi video klip yaratish jarayoni.

Telefon ekraniga mos, balandligi enidan katta bo‘lgan video formati. Reels, Shorts va TikTok’da ko‘p ishlatiladi.

Kadr ustidan eshitiladigan ovoz. Personaj labi ko‘rinishi shart emas, shuning uchun product demo va explainerlarda nazoratliroq.

VPS

Virtual Private Server qisqartmasi. Internetda doimiy ishlab turadigan, ijaraga olinadigan virtual server.

Bir nechta qadam, servis yoki agent o‘rtasidagi ish ketma-ketligini boshqarish qatlami.

Kamera subyekt atrofida sayoz egri yo‘l bilan yuradigan harakat. Orbitdan kichikroq va nazoratliroq burchak beradi.

Kameraning kran kabi yuqoriga yoki pastga silliq ko‘tarilishi. Joy miqyosi va balandlik hissini ochishda ishlatiladi.

Lensning juda tez yaqinlashishi yoki uzoqlashishi. Keskin urg‘u, reveal yoki action hissi uchun ishlatiladi.

Havodan olinadigan kamera harakati. Keng joy, lokatsiya, landshaft yoki katta sahnani ochishda foydali.

Bitta nuqtadan shahar, landshaft va planeta miqyosigacha tez uzoqlashadigan maxsus zoom effekti.

Tomoshabin sahnani personaj ko‘zi bilan ko‘radigan kadr. Ko‘pincha qo‘l, tana cheti yoki yurish harakati reference bo‘ladi.

Lensning ko‘rish burchagi va obyekt masshtabiga ta’sir qiladigan qiymati. Zoom promptlarida yaqinlashish yoki kengayish shu orqali beriladi.

Balanddan keng trayektoriya bo‘ylab olinadigan aerial kadr. Katta hudud yoki uzoq masofadagi harakatni ko‘rsatadi.

Markazdagi obyekt ichiga uzluksiz yaqinlashib, keyingi vizual dunyoga o‘tadigan maxsus video effekti.

Kamera optikasi. Promptlarda ko‘rish burchagi, zoom, fokus va fon blur xarakterini belgilash uchun ishlatiladi.

Kameraning lens yo‘nalishini saqlagan holda butunlay yuqoriga yoki pastga vertikal siljishi.

Kameraning kichik masofaga chap yoki o‘ngga silliq sirpanishi. Product va interyer kadrlarida parallax beradi.

Kamera personaj tanasiga nisbatan qotirilgan uslub. Subyekt markazda qoladi, fon esa uning atrofida harakatlangandek ko‘rinadi.

Tor fokus bandi va blur orqali shahar yoki joyni miniatura kabi ko‘rsatadigan kamera uslubi.

Kamera qotirilgan holda vaqt tez o‘tgandek ko‘rinadigan video usuli. Bulut, shahar yoki qurilish jarayonida ishlatiladi.

Kameraning chap yoki o‘ng tomonga to‘g‘ri chiziqda fizik siljishi. Pan’dan farqli ravishda kamera joyida qolmaydi.

Kameraning chap yoki o‘ngga juda tez burilishi. Tez transition, action yoki keskin reveal uchun ishlatiladi.

Kamera joyi o‘zgarmasdan lens orqali kadr masshtabining yaqinlashishi yoki uzoqlashishi.